platina.uz
Jamiyat

Abgor holatdagi masjid obod makonga aylandi

Mirzo Ulugʻbek tumani “Shoʻrtepa” mahallasida joylashgan masjid sobiq Ittifoq davrida qurilgan boʻlib, oxirgi marta bundan 14 yil muqaddam, yaʼni 2010 yilda kapital taʼmirlangan. 

Abgor holatdagi masjid obod makonga aylandi

“Kuz-qish mavsumida namozxonlarga juda qiyin boʻlyapti. Masjid xonaqohi 450 kishiga moʻljallangan. Jamoat koʻp kelgan vaqtda koʻpchilik tashqarida qolib ketadi. Hovlining usti yopiq boʻlsa-da, qor yon tarafdan uradi. Gilamlar usti bilchillab ketadi. Yomgʻir yoqqan paytda koʻcha koʻchadan ochib kelgan suv masjid hovlisida yigʻiladi. Toʻpigʻimizgacha suvda namoz oʻqigan paytlarimiz boʻlgan”, deydi Mirzo Ulugʻbek tumani “Shoʻrtepa” mahallasida joylashgan Mulla Xolmirza ota jomeʼ masjidiga qatnovchi namozxonlardan biri.

Bu masjid sobiq Ittifoq davrida qurilgan boʻlib, oxirgi marta bundan 14 yil muqaddam, yaʼni 2010 yilda kapital taʼmirlangan.

Maʼlum boʻlishicha, eski masjidni kengaytirish esa imkonsiz boʻlib, muammolarga yechim topish maqsadida uning yonginasida yertoʻla qismi bilan qoʻshib hisoblaganda uch qavatli zamonaviy masjid barpo etilmoqda.

Biz bilan suhbat chogʻida mahalla nuroniylari bu ishni boshlagan homiylardan juda minnatdor ekanliklarini taʼkidlashdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid