Oʻzbekistonning Janubiy Koreyaga yangi elchisi tayinlandi
U avval Oliy Majlis Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.
Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdusalomov bugun tongda Koreya Respublikasi poytaxtiga keldi.
U Seulga tayinlanishidan avval Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.
Diplomat 40 yoshda. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Janubiy Koreyaning Kyong-Xi universitetini bitirgan.
Alisher Abdusalomov kasbiy faoliyatini Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlab, yetakchi mutaxassislikdan Bosh boshqarma boshligʻigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan.
U 2013-2016 yillarda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi, 2018-2024 yillarda esa Janubiy Koreyada ham ushbu lavozimda ishlagan.
Alisher Abdusalomov 1995 yildan 2024 yilgacha qisqa tanaffus bilan Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen oʻrniga tayinlandi.