Ortiqxoʻjayevga tegishli xalqaro savdo markazi ishga tushdi
Sobiq hokim Surxondaryodagi uchrashuvda ushbu markaz unga tegishli ekanini bildirgandi.
29 avgust kuni Termiz shahrida “Termiz xalqaro savdo markazi”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Afgʻoniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Gʻani Barodar, Ozarbayjon Bosh vazirining oʻrinbosari Shaxin Mustafayev, Qirgʻiz Respublikasi iqtisodiyot va savdo vazirining oʻrinbosari Nazarbek Malayev, Qozogʻiston Respublikasi savdo va integratsiya vazirining oʻrinbosari Qayrat Torebayev va boshqalar ishtirok etdi.
Ramziy tasma kesilib Markaz rasman ochilganidan soʻng, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston Qirgʻiziston delegatsiyalari va boshqa mamlakat diplomatik korpus vakillari “Termiz xalqaro savdo markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Surxondaryodagi uchrashuvlardan birida markaz oʻziga tegishli ekanini aytgandi.
Telegramda kuzatib boring!