FQB Trampga suiqasd sababini aniqlay olmayapti
Tekshiruvlarda jinoyatchini bunday harakatga undagan jiddiy siyosiy sabab yoki xorijiy aralashuv qayd etilmagan.
AQSh FQBsi prezidentlikka nomzod Donald Trampga suiqasd qilgan 20 yoshli yigitning jinoyati sabablarini aniqlay olmadi.
Federal tergovchilar sobiq prezidentga suiqasd uyushtirishda hech qanday sabab yoki xorijiy aralashuvlarni topmadilar, deya xabar beradi Washington Post.
Mutaxassislar 20 yoshli gumonlanuvchi Tomas Kruksning besh yillik onlayn faoliyatini oʻrganishdi.
Shuningdek, FQB gumonlanuvchining qanday qarashlarga ega ekanligini aytishga hali tayyor emas - u izchil siyosiy yoʻnalishni namoyish etmagan, shuningdek, Internetda turli xil maʼlumotlarni toʻplagan: ular Demokratik va Respublikachi partiyalar qurultoylari, AQSh prezidenti Jo Bayden haqida va hokazo.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Trampga 2024 yil iyul oyida suiqasd uyushtirilgandi. Natijada sobiq prezidenti qulogʻidan yaralandi.