platina.uz
Jamiyat

Oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlar ham saylov va referendumlarda qatnashish huquqi belgilanmoqda

Mahkumlarning inson huquqlari boʻyicha tashkilotlarga murojaat qilish huquqi ham mustahkamlanadi. 

Oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlar ham saylov va referendumlarda qatnashish huquqi belgilanmoqda

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga boʻlgan huquqi belgilanmoqda.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-948-son, 28.08.2024 y.) bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishiga, shaʼni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga boʻlgan huquqlari mustahkamlandi.

Shuningdek, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga boʻlgan huquqi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid