platina.uz
Jamiyat

Oʻqotar boʻlmagan qurollarni oʻz ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi

Bunday toifaga pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq qurollar kiradi. 

Oʻqotar boʻlmagan qurollarni oʻz ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi

Endilikda oʻqotar boʻlmagan qurolni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun (OʻRQ-946-son, 27.08.2024 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha kiritildi.

Unga koʻra, shaxs oʻzining qonunga xilof egaligida boʻlgan pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish quroli va oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid