Milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi

Jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. 

Iqtisod
28-avgust, 9:34
Milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi. 

“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-303-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi.

Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

-jamgʻarma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;

-jamgʻarma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;

-jamgʻarma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;

- jamgʻarma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga oʻtish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.

Jamgʻarma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi oʻtkaziladigan korxona va tijorat banklarining roʻyxati tasdiqlandi.

Jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

Jamgʻarmaning 2030 yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga koʻra dividendlar toʻlashga yoʻnaltiriladi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+