platina.uz
Jamiyat

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev vafot etdi

U yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi olim, fizika-matematika fanlari doktori edi. 

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev vafot etdi

Akademik Behzod Yuldashev 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Sadikovich Yuldashev 2024 yilning 28 avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

Behzod Yoʻldoshev 1945 yil Toshkent shahrida tugʻilgan.

U 1968 yilda ToshDUni tugatgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1968—83), direktor (1990 yildan) boʻlgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1984—90). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (2000-2006) sifatida faoliyat yuritgan.

Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid