platina.uz
Jamiyat

Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Avvalgi rahbar Soli Hamroyev "faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun" ishdan olingandi. 

Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyati hokimining qaroriga asosan, Yelmuratov Uchqun Fayzullayevich Uchquduq tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.

Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar, Uchqun Fayzullayevich “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.

Uchqun Yelmuratov 1986 yilda Konimex tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy. 2007 yilda Toshkent moliya institutini hamda 2012 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalgi hokim Soli Hamroyev 2024 yil iyul oyida prezident tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda ishdan olingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid