platina.uz
Jamiyat

Tabiat bagʻridagi Xufar qishlogʻi

Isteʼdodli fotograf Farrux Aliyev oʻzi tugʻilib oʻsgan Xufar qishlogʻining oddiylik va samimiylik, mehnatu sabr, muhabbat va hamjihatligi haqida hikoya qiluvchi betakror fotolar jamlanmasini taqdim qiladi.

Tabiat bagʻridagi Xufar qishlogʻi
Foto: Farrux Aliyev

Sokin tong nurlari qishloqning tor koʻchalariga yorugʻlik sochib, yangi kunni boshlab beradi. Qishloq, cheksiz osmon ostida, inson va tabiatning uygʻunligini aks ettiruvchi mukammal manzaradir. Faqat shu yerdagina kechalari yulduzlarga yanayam yaqin boʻlishi mumkin.

Dehqonlar yer bilan til topishib, har bir urugʻni mehnat va umid bilan yer bagʻriga topshirishadi. Dalalarda har bir don, har bir gʻoʻza qishloq hayotining muhim bir qismi, ularning tinimsiz mehnati orqali ulkan hayotiy zanjir davom etadi.

Kechga tomon, quyosh ufqqa yaqinlashganda, qishloqni sokin ohanglar qamrab oladi. Bu yerda hayot tinimsiz harakatda boʻlsa-da, shu paytda tabiat va inson qalbi oʻrtasidagi muvozanat oʻz ifodasini topadi. Qishloqda, mana shu sodda, ammo mazmunli lahzalarda, hayotning asl maʼnosi yotganini his qilasiz.

Isteʼdodli fotograf Farrux Aliyev oʻzi tugʻilib oʻsgan Xufar qishlogʻining oddiylik va samimiylik, mehnatu sabr, muhabbat va hamjihatligi haqida hikoya qiluvchi betakror fotolar jamlanmasini taqdim qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid