platina.uz

Sudanda toʻgʻon yorilishi oqibatida kamida 30 kishi halok boʻldi

Ushbu toʻgʻon mamlakatning ikkinchi yirik shahri Port Sudanning suv manbai hisoblanadi. Hodisa sabab 20 ta qishloq vayron boʻlgan. 

Jahon
27-avgust 2024 yil
Sudanda toʻgʻon yorilishi oqibatida kamida 30 kishi halok boʻldi

Sharqiy Sudanda kuchli yomgʻir tufayli Port Sudan shahridan 40 km shimolda joylashgan toʻgʻon yorilib ketdi.

Natijada kamida 30 kishi halok boʻldi, lekin qurbonlar soni ancha koʻp boʻlishi mumkin, deb yozadi Reuters BMT maʼlumotlariga asoslanib. Toʻgʻon yorilishi oqibatida 20 ga yaqin qishloq vayron boʻlgan.

Yorilgan toʻgʻon Port Sudan aholisi uchun chuchuk suvning asosiy manbai hisoblanadi. 2023 yil holatiga koʻra shahar aholisi 489 ming kishini tashkil qiladi.

Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, kuchli yomgʻir va toshqinlar natijasida jami 132 kishi halok boʻlgan. 150 dan 200 gacha odam bedarak yoʻqolgan. Yomgʻirli mavsum mamlakatning oʻnta viloyatiga taʼsir koʻrsatdi.

Eng koʻp zarar koʻrgan hududlar Shimoliy provinsiya va Nildir. BMT maʼlumotlariga koʻra, 50 mingga yaqin odamning uyi zarar koʻrgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+