platina.uz
Jamiyat

Sherali Qosimov Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi

Tumanning avvalgi hokimi Ahror Mansurov Mingbuloq tumaniga rahbar boʻlgandi. 

Sherali Qosimov Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi

Qosimov Sherali Abdukaharovich Toʻraqoʻrgʻon tumaniga hokim etib tayinlandi.

Sherali Qosimov 1986 yilda Namangan tumanida tugʻilgan. 2010 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida viloyat moliya boshqarmasida turli vazifalarda ishlagan.

Namangan tumani hokimligi moliya boʻlimi mudiri, Namangan tumani hokimi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi boʻsh turgan obʼektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

Yangi tayinlovga qadar esa Pop tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sherali Qosimov Namangan viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi. Mazkur qaror xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tumani Kengashining bugun boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, Toʻraqoʻrgʻonning avvalgi hokimi Ahror Mansurov Mingbuloq tumaniga oʻtkazilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid