platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi sement zavodini 4,9 mlrd soʻm jarimaga tortdi

Bunga birja savdolari orqali sotilishi kerak boʻlgan 122,7 ming tonna sement belgilangan talablarga zid ravishda realizatsiya qilingani sabab boʻlgan. 

Raqobat qoʻmitasi sement zavodini 4,9 mlrd soʻm jarimaga tortdi

Raqobat qoʻmitasi “Shangfeng-Bridge of Friendship” MChJga nisbatan 4,9 mlrd soʻm miqdorida jarima belgiladi.

Ushbu MChJga nisbatan boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobat sodir etganligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilgan.

Ishni koʻrib chiqish natijasida quyidagilar aniqlandi:

- joriy yilning mart-iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak boʻlgan jami 122,7 ming tn sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida realizatsiya qilingan.

Bunda, jami 2,7 ming tn sement mahsuloti oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinganligi natijasida 81,1 mln soʻm asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Shangfeng-Bridge of Friendship” MChJga nisbatan raqobatga zid harakatlarni, xususan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirganligi (demping harakatlari) va birja savdolarini oʻtkazish chogʻida raqobatni cheklaydigan harakatlarni sodir etganligi sababli belgilangan tartibida 4,9 mlrd (toʻrt milliard toʻqqiz yuz million) soʻm miqdorda moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda, MChJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini hisoblash boʻyicha toʻplangan hujjatlar soliq organiga yuborildi.

Maʼlumot oʻrnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega, deyiladi qoʻmita xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid