Mirzaobod tumaniga hokim tayinlandi
U tayinlovga qadar “Ipoteka-bank” Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlagan.

Orif Rahmonqulov Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi. Deputatlar uning Sarvar Sultonovni Mirzaobod tumani hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi taklifini maʼqulladi.
Viloyat hokimining Orif Rahmonqulovni Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori esa deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Orif Rahmonqulov 1983 yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tugʻilgan. 2010 yilda Toshkent moliya institutini bakalavr darajasini, 2012 yilda magistraturani tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — buxgalteriya hisobi va audit.
Mehnat faoliyati davomida bank sohasida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Mazkur tayinlovga qadar “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.