platina.uz
Jamiyat

Chustda ijtimoiy himoyaga muhtoj 80 dan oshiq oila doimiy daromadga ega boʻldi

Koʻplab  xotin-qizga bepul asosda tikuv mashinalari olib berildi.

Chustda ijtimoiy himoyaga muhtoj 80 dan oshiq oila doimiy daromadga ega boʻldi

Prezident Xalq qabulxonasining “Murojaatdan – daromadga” loyihasi asosida Chust tumanining Gʻova qishlogʻida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz 80 dan ziyod oila doimiy daromadga ega boʻldi.

Shu jumladan, bu gal loyiha doirasida 15 nafar xotin-qizga bepul asosda tikuv mashinalari olib berildi.

Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev yetakchiligidagi guruh tomonidan moddiy yordam masalasida qilingan murojaatlar tahlil qilinib, uning asosida ehtiyojmand ayollarga Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bahodir Yusupov boshchiligida tikuv mashinalari topshirildi.

Tadbir ishtirokchilariga “Murojaatdan – daromadga” loyihasining 5 bosqichi tushuntirib berildi. Loyihanig dastlabki uch bosqichi moddiy yordam masalasida koʻp murojaat qilgan fuqarolarning:

– oilaviy ahvoli, chindan muhtoj yo muhtojmasligi, bu arizalarga qanday omillar sabab boʻlayotganini;

– fuqaroning kasb-hunarga layoqati, qaysi yoʻnalishda ishni eplab ketishi, daromad topa olishini oʻrganish;

– murojaatchini daromad topishga tayyorlash (kasb-hunarga oʻqitish, soʻng ularga tikuv mashinasi olib berish)ni oʻz ichiga oladi.

Keyingi bosqichda tikuv mashinasi olgan ishsiz ayollar oʻz hududidagi lider tadbirkorlarga biriktirilib, shu sohada kuchli malaka va katta tajribaga, oʻz bozoriga ega tadbirkorlar bilan kooperatsiya tashkil qilinadi. Soʻnggi bosqich esa murojaatchilarni daromadga olib chiqish boʻlib, Xalq qabulxonasi, sektorlar va “mahalla yettiligi” kooperatsiya faoliyatini va murojaatchining barqaror daromad topishini doimiy monitoring qilib boradi.

“Murojaatdan – daromadga” loyihasi doirasida Gʻova qishlogʻida mehnat yarmarkasi ham tashkil qilinib, unda yana 72 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi. Shu tariqa loyiha asosida jami 87 nafar murojaatchining mehnat va bandlik bilan bogʻliq muammosi hal qilindi.

Bunga qoʻshimcha qishloq aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik ham tashkil etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid