Telegram jamoasi ilk bor Durovning qoʻlga olinishiga izoh berdi
"Telegram Yevropa ittifoqi qonunlariga rioya qiladi va yashiradigan hech narsasi yoʻq" deyiladi unda.

Telegram jamoasi ilk bor Pavel Durovning hibsga olinishiga izoh berdi.
Rasmiy kanaldagi postga koʻra, jamoa Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonunga rioya qilishini maʼlum qilgan.
"Telegram bosh direktori Pavel Durov yashiradigan hech narsasi yoʻq va tez-tez Yevropa boʻylab sayohat qiladi. Ushbu platformani suiisteʼmol qilish uchun platforma yoki uning egasi javobgar, deb daʼvo qilish mantiqsizdir", - deyiladi xabarda.
Telegram jamoasi, shuningdek, vaziyatning tezroq hal qilinishini kutishlarini qoʻshimcha qilishdi.
Eslatib oʻtamiz, messenjer asoschisi Pavel Durov 25 avgust kuni Parij aeroportida ushlandi. Unga nisbatan bir qator ayblovlar, xususan, terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, Telegram’dagi pedofiliyaga asoslangan kontent kabilar ilgari surilmoqda.