Surxondaryoda Oʻzbekiston va Afgʻoniston klublari oʻyin oʻtkazdi
Afgʻonistonning "Istiqlol" futbol klubi Surxondaryo viloyatining "Qiziriq" futbol jamoasi bilan toʻqnash keldi.

Surxondaryoda Oʻzbekiston va Afgʻoniston klublari oʻrtasida oʻyin oʻtkazildi.
Bahsda Afgʻonistonning "Istiqlol" futbol klubi Surxondaryo viloyatining "Qiziriq" futbol jamoasi bilan roʻbaroʻ keldi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida "Qiziriq" futbol klubi vakillari mehmonlar darvozasiga ikkita toʻp kiritishga muvoffaq boʻlishdi.
Iikkinchi boʻlimi ham qiziqarli vaziyatlarga boy tarzda oʻtdi. Lekin uchrashuvda boshqa hisob ochilmadi. Shunday qilib, "Qiziriq" 2:0 hisobida Afgʻoniston klubidan ustun keldi.