Shavkat Mirziyoyev qozogʻistonlik bir guruh arboblarni mukofotladi
Ular "ikki davlat oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish" va boshqa xizmatlari uchun taqdirlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qozogʻiston Respublikasining davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi. Unga koʻra:
quyidagi arboblar Oʻzbekiston Respublikasining "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi:
Karin Yerlan Tinimbayuli - Qozogʻiston Respublikasining Davlat maslahatchisi;
Jeldibay Ruslan Sultanuli - Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari boʻyicha yordamchisi;
Jumangarin Serik Makashevich - Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;
Balayeva Aida Galimovna - Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri;
Atamkulov Beybut Bakirovich - Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
Xashimjanov Ikram Akramovich - Qozogʻiston Respublikasi Oʻzbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi.