Rossiya Ukraina boʻylab ommaviy raketa hujumi uyushtirdi
Volin viloyatidagi Lutsk shahrida bir kishi halok boʻlgan, portlashlar sabab poytaxt Kiyevning ayrim hududlarida elektr va suv taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Rossiya harbiy havo kuchlari Ukraina boʻylab yoppasiga raketa zarbalari berdi. Hujumlar Kiyev, Volin, Poltava, Xarkov, Odessa va boshqa shaharlarda kuzatilgan.
Rossiyaning Volin viloyati Lutsk shahrida raketa hujumi natijasida turar-joy binosiga zarar yetdi.
Bu haqda shahar meri Igor Polishchuk maʼlum qildi. Keyinroq shahar maʼmuriyati rahbari hujum natijasida bir kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.
Poltava viloyatida sanoat obʼekti shikastlangan, besh kishi jarohatlangan. Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi boshligʻi Filipp Pronin oʻzining telegram-kanalida yozdi.
Kiyevda guvohlar portlashlar haqida xabar berishdi. Rossiya davlat agentligi TASS Julian aeroporti hududidagi portlashlar haqida yozmoqda. Poytaxtning bir qancha tumanlari elektr taʼminotisiz qoldi, Kiyevning oʻng qirgʻogʻida suv taʼminotidagi uzilishlar qayd etildi, deydi shahar meri Vitaliy Klichko.
Portlashlar haqida, shuningdek, Xarkov, Dnepr, Vinnitsa, Krivoy Rog, Xmelnitskiy, Lvov, Kropivnitskiy, Odessa va Zaporoje hokimiyatlari va axborot kanallari xabar bergan.