Oʻzbekistonga salqin havo oqimi kirib keladi
Togʻlarda havo harorati kechasi 10-15 darajagacha pasayishi mumkin.

Oʻzbekistonga salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.
Oʻzgidromet xabariga koʻra, 27-29 avgust kunlari respublikaning togʻli hududlarida havo harorati kechasi 10-15 darajagacha tushadi, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Mamlakat shimolida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° kunduzi 28-33° boʻladi.
Janubiy viloyatlarda ( Qashqadaryo va Surxondaryo) havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° boʻladi.
Oʻzbekistonning markaziy viloyatlari va Fargʻona vodiysida harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° boʻladi.