platina.uz
Jamiyat

"Nukus xalqaro aeroporti” MChJga chora koʻrildi

Aeroport 120 mln soʻmlik tanlov savdolarida qonunga rioya qilmagan. 

"Nukus xalqaro aeroporti” MChJga chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasi Nukus xalqaro aeroportiga chora koʻrilganini maʼlum qildi. Bunga 120 mln soʻmlik tanlov savdolaridagi qonun buzilishi sabab boʻlgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobat qoʻmitasi "Nukus xalqaro aeroporti” MChJ tomonidan amalga oshirilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borgan.

Oʻrganishlar natijasida, mazkur MChJ Davlat xaridlari portali orqali amalga oshirgan 120 000 000 soʻmlik tanlov savdolarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli Nizom talablarini buzish alomatlari bilan “Nukus xalqaro aeroporti” MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi. Ish natijasi yuzasidan tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid