Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Avvalgi rahbar 1 hafta ichida ishdan boʻshatildi. Uning tayinlovi koʻp eʼtirozlarga sabab boʻlgandi.

Azimov Azizbek Zaynabiddinovich Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Azizbek Azimov mehnat faoliyati davomida hokimiyat tizimi va viloyat taʼlim boshqaruvida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Andijon shahar sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi boʻlgandi. U lavozimda bor-yoʻgʻi toʻrt kun ishlabdi.