platina.uz

Yangihayotdagi sexlardan biri yonib ketdi

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. 

Jamiyat
24-avgust 2024 yil
Yangihayotdagi sexlardan biri yonib ketdi

Bugun 24 avgust kuni soat 09:41da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, "Yangi Darxon" MFYdagi ishlab chiqarish sexlarining biri omborxonasida yongʻin sodir boʻldi.

Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yongʻin qurshab olingan va bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari-Shtab boshligʻi polkovnik S.Zuparov va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan.

Yongʻin yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+