Yangi VoWi-Fi texnologiyasi bilan mobil aloqa doim barqaror boʻladi
VoWi-Fi (Voice over Wi-Fi) texnologiyasi yordamida siz mobil tarmoq signali zaif boʻlgan joylarda ham Wi-Fi orqali qoʻngʻiroq qilishingiz va xabar yuborishingiz mumkin.

VoWi-Fi nima?
VoWi-Fi (Voice over Wi-Fi) texnologiyasi yordamida siz mobil tarmoq signali zaif boʻlgan joylarda ham Wi-Fi orqali qoʻngʻiroq qilishingiz va xabar yuborishingiz mumkin.
VoWi-Fi kimlar uchun foydali?
Koʻp qavatli uylarda yashovchilar uchun: agar siz zich qurilgan hududda yashasangiz va mobil signal yaxshi yetib bormasa, VoWi-Fi texnologiyasi yordamida qoʻngʻiroqlarning barqaror sifatini taʼminlashingiz mumkin. Yuqori sifat uyingizdagi Wi-Fi orqali taʼminlanadi.
Shahardan uzoqda boʻlganlar uchun: endi mobil aloqa signali zaif boʻlgan joylarda ham siz VoWi-Fi xizmatidan foydalangan holda, Internet yordamida barqaror aloqa oʻrnatishingiz mumkin.
VoWi-Fi qanday ulanadi?
UZTELECOM’ning VoWi-Fi xizmatiga ulanish juda oson. Buning uchun faqatgina ushbu texnologiyani qoʻllab-quvvatlaydigan smartfon va Wi-Fi tarmogʻi kerak boʻladi. Telefoningiz sozlamalaridan VoWi-Fi funksiyasini yoqing va istalgan joyda aloqa sifatidan bahramand boʻling.
UZTELECOMning VoWi-Fi xizmati orqali qoʻngʻiroqlarni amalga oshiring va doim aloqada qoling!