platina.uz
Jamiyat

Toshkent vagon zavodi jarimaga tortildi

Zavodning jami 2.8 mlrd soʻmdan ortiq qiymatdagi tender savdolarida qonun buzilishi aniqlangan. 

Toshkent vagon zavodi jarimaga tortildi

“Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ zavodi jarimaga tortildi.

Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2024 yil davlat xaridlar sohasidagi oʻrganishlar natijasida, “Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ tomonidan maxsus axborot portallari orqali jami 2.8 mlrd soʻmdan ortiq oʻtkazilgan tender savdolari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilgan.

Oʻrganishlar yuzasidan, Buyurtmachi tashkilotga (“Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ) “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilganlik holati boʻyicha ish qoʻzgʻatildi.

Ish natijasi boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi .

Shuningdek, qonunbuzilishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun tegishli tartibda sudga joʻnatildi, deyiladi qoʻmita xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid