platina.uz
Jamiyat

Taʼlim muassasalarida oʻqish qachondan boshlanishi aniq boʻldi

Maktab, litsey oʻquvchilari va kollejlarning ayrim kurslari uchun 4 sentabrdan, OTMlarda esa 9 sentabrdan oʻquv yili boshlanishi kutilmoqda. 

Taʼlim muassasalarida oʻqish qachondan boshlanishi aniq boʻldi

Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili 9 sentabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Bu haqda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 21 avgustdagi 321-sonli buyrugʻida belgilandi.

Akademik litseylarda va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida esa yangi oʻquv yili 4 sentabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

Kasb-hunar maktablarida hamda kollej va texnikumlarning 2 va undan yuqori kurslari uchun ham yangi oʻquv yili 4 sentabr kunidan boshlanadi.

Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid