platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada minglab oilalarning muammolari hal etildi

71 nafar ogʻir sharoitda yashayotgan fuqaroning xonadoni bepul asosda taʼmirlash ishlari boshlandi, 300 dan oshiq kishi doimiy ish bilan taʼminlandi. 

Fargʻonada minglab oilalarning muammolari hal etildi

Prezident topshirigʻiga asosan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Fargʻona viloyatida davom ettirmoqda.

Prezident masalahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi guruh Qoʻqon shahrining 78 ta mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish va hal etish, bandlikni taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasida ishlar olib bormoqda.

Prezident Xalq qabulxonasi hamda qator vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Ishchi guruh oʻrganishlari davomida aholi tomonidan 4,2 mingdan ziyod masala boʻyicha murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning 71 % ga yaqini bartaraf etildi.

Jumladan, murojaatlardan kelib chiqqan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1 071 ta ijtimoiy soha obʼektlari atroflicha oʻrganildi. Aniqlangan 691 ta muammoli masalalardan 352 tasi tezkorlik bilan bartaraf etildi. Qolganlari boʻyicha taʼmir va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, murojaatlarda aks etgan masalalar asosida ichki yoʻllar holatini yaxshilash uchun 10 km masofada asfaltlashtirish va shagʻallashtirish ishlari olib borildi. Aholi xonadonlarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 36 ta transformator punktlari taʼmirlandi, 200 ga yaqin yangi beton ustunlar oʻrnatildi, 5,2 km uzunlikdagi SIP kabellar tortildi. Gaz taʼminotini talab darajasiga keltirish uchun 518 ta GRP taʼmirlandi, 7,4 km gaz tarmoqlari yangidan tortildi, 5,5 mingga yaqin xonadonga qoʻshimcha suyultirilgan gaz balloni yetkazib berildi. Ichimlik va oqava suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha 400 ta nosozliklar joyida bartaraf etildi.

Shu bilan bir qatorda, 9 ta koʻpqavatli uylarning 112 kv.metr tom qismi, 13 tasining fasadi, 19 ta uylarning yertoʻlasi, 14 ta uyning kirish yoʻlaklari va 42 ta tungi yoritish chiroqlari taʼmirlandi.

“Mahalla yettiliklari” bilan hamkorlikda “Sayxunobod tajribasi” asosida 232 ta mikroloyihalar amalga oshirildi. Natijada, 300 dan ziyod fuqaro doimiy ish bilan band qilindi.

Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bank vakillari bilan hamkorlikda hokim yordamchilari tavsiyasi asosida “Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash”, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 311 nafar fuqaroga 9,3 mlrd soʻm, “Biznesga birinchi qadam” loyihasi asosida 4,5 mlrdga yaqin imtiyozli kredit va mikroqarzlar ajratib berildi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda mahallalarning ichki sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 327 nafar fuqaroning oʻzini oʻzi band qilishi taʼminlandi, 130 nafarining tadbirkorlik faoliyati yoʻlga qoʻyildi, jamoatchilik asosida 243 nafari doimiy ishga joylashtirildi.

Oʻrganishlar davomida aniqlangan 2 mingga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga manzilli yordamlar koʻrsatildi.

Xususan, 71 nafar ogʻir sharoitda yashayotgan fuqaroning xonadoni bepul asosda taʼmirlash ishlari boshlandi, 343 nafariga moddiy yordamlar koʻrsatildi, 1 009 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari va 564 nafariga bepul dori-darmonlar yetkazildi.

Ehtiyojmand 44 nafar bemor protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlandi, 33 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 107 nafariga esa davolanish uchun order berildi.

“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan 300 ga yaqin fuqaroga 458 mln soʻm miqdorda yordamlar koʻrsatildi.

Shuningdek, Respublika ishchi masʼullari va “mahalla yettiligi” ishtirokida 156 ta ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari koʻrildi, 223 ta notinch oilalardagi nizolarga barham berildi, 77 nafar fuqaroga tazyiq va zoʻravonlikdan himoya orderi berildi.

Respublika ishchi guruhining Fargʻona viloyatidagi faoliyati davom etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid