Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili boʻldi
U gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashishda koʻmaklashadi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi.
Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva maʼlum qildi.

"Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakili etib tayinlash orqali Oʻzbekiston tarixida yayangi sahifa ochdik.
Bu gap qogʻozda emas, jamiyatimizdagi chuqur oʻzgarishlar ramzidir" deya taʼkidlagan Mirziyoyeva.
Eslatib oʻtamiz, Keldiyorova Olimpiadada Oʻzbekistonga ilk oltinni keltirgandi.