platina.uz
Jahon

Ukrainaning Kurskka hujumida 30 nafardan oshiq tinch aholi halok boʻldi

143 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. 

Ukrainaning Kurskka hujumida 30 nafardan oshiq tinch aholi halok boʻldi

Ukraina qurolli kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumi natijasida halok boʻlganlar soni 31 kishiga yetdi, yana 143 kishi jarohat oldi.

Bu haqda TASS agentligi tibbiyot xizmatlariga asoslanib xabar bermoqda.

Avvalroq 17 kishi halok boʻlgani va 140 dan ortiq jarohat olgani maʼlum edi.

"21 avgust kuni ertalab Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumi natijasida 31 kishi halok boʻlgani tasdiqlandi, 143 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning soʻzlariga koʻra, 79 jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan toʻrt nafari bolalardir.

20 avgust, seshanba kuni tibbiy xizmatlar 17 kishi halok boʻlganini, 140 dan ortiq jabrlanganlardan 75 nafari kasalxonaga yotqizilganini maʼlum qildi.

Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi 6 avgustga oʻtar kechasi boshlangan va shundan buyon mintaqada janglar davom etmoqda. Ushbu fonda Mudofaa vazirligi muntazam ravishda Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina qoʻshinlarining" bosqinchilik urinishini qaytarishda" davom etayotgani haqida xabar bermoqda. Lekin Ukraina kuchlarini toʻliq siqib chiqarib boʻlmayapti.

Kursk viloyati rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov 12 avgust kuni davlat rahbari Vladimir Putinga Ukraina Qurolli kuchlari 28 ta aholi punktini nazoratga olgani, ularda 2 mingga yaqin aholi qolgani haqida xabar berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid