platina.uz
Jahon

Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga taklif etildi

Bunga prezident Aleksandr Lukashenkoning Qozogʻiston boʻyicha gaplari sabab boʻlgan.  

Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga taklif etildi

Qozogʻiston Belarus elchisini TIV ga taklif etdi. Bunga prezident Aleksadr Lukashenkoning mamlakat haqida aytgan soʻzlari sabab boʻlgan.

Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuning Belarus Respublikasi Elchisi Pavel Utyupin bilan uchrashuvi chogʻida Qozogʻiston-Belarus hamkorligining ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama hamkorlik doirasidagi dolzarb masalalari muhokama qilindi, deyiladi rasmiy xabarda.

Xususan, vazir "Qozogʻiston BMT Nizomi va xalqaro huquqning asosiy normalariga muvofiq muvozanatli va tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotgani"ni alohida taʼkidladi.

Davlatlar oʻrtasidagi barcha kelishmovchiliklarni siyosiy va diplomatik yoʻllar bilan hal etish zarurligiga qatʼiy ishonilishi aytilgan.

Vazir Belarus tomonini davom etayotgan jarayonlarga nisbatan Ostona pozitsiyasini xolisona baholashga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, Lukashenko Kurskdagi vaziyat sabab MDH davlatlar pozitsiyasini tanqid qilgan va Qozogʻistonni alohida tilgan olgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid