Ayrim maxsus unvonlarda xizmat oʻtashning muddatlari belgilandi
Ichki ishlar tizimida “mayor” unvonining xizmat oʻtash muddati 5 yil, “podpolkovnik”niki esa 6 yilni tashkil etadi.

Prezidentning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
-“katta leytenant” – 3 yil;
-“kapitan” – 4 yil;
-“mayor” – 5 yil;
-“podpolkovnik” – 6 yil”.
Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
-“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
-“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
-“bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
-“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.
Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
-“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
-“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
-“mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
-“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
-“katta leytenant” – 3 yil;
-“kapitan” – 4 yil;
-“mayor” – 5 yil;
-“podpolkovnik” – 6 yil”.