platina.uz
Jamiyat

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MChJga jarima qoʻllanildi

Ular 792 186 nafar isteʼmolchilardan 1.3 mlrd soʻmga yaqin ortiqcha haq undirgan. 

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MChJga jarima qoʻllanildi

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MChJga jarima belgilandi.

Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

Qoʻmita tomonidan ularning faoliyati “Raqobat toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlariga asosan oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishlarda “O‘ztemiryo‘lYo‘lovch” AJ Fargʻona filiali (boʻlinmasi) tomonidan temir yoʻl vokzali (stansiyalari) boʻylab 2023 yil davomida 606 380 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yigʻim qiymati boʻyicha 660 mln soʻmga yaqin, “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ Fargʻona filiali tomonidan temir yoʻl vokzali (stansiyalari) boʻylab 2024 yilning 1 yanvaridan 24 iyul kunigacha 185 806 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yigʻim qiymati boʻyicha 560 mln soʻmga yaqin, umumiy hisobda jami 792 186 nafar isteʼmolchilardan 1.3 mlrd soʻmga yaqin ortiqcha haq undirilganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, oʻrganish natijasida Qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MChJ ga shaharlararo va shahar atrofida yoʻlovchi tashish boʻyicha Fargʻona filiali tomonidan ortiqcha undirilgan toʻlovlarni isteʼmolchilarga qaytarishi yuzasidan koʻrsatma berilib, moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

Maʼlumot oʻrnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid