platina.uz
Jahon

Erondagi YTHda 35 nafar pokistonlik halok boʻldi

Hodisaga avtobus tormozi ishlamay qolishi sabab boʻlgan. 15 kishi ogʻir ahvolda ekani aytilmoqda. 

Erondagi YTHda 35 nafar pokistonlik halok boʻldi

Eronning Yazd shahrida avtobus ishtirokida YTH sodir boʻldi.

Hodisa oqibatida 35 kishi halok boʻldi, 15 kishi ogʻir tan jarohati oldi.

Pokiston radiosiga koʻra, avtobusda pokistonlik ziyoratchilar boʻlgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisaga tormozning ishlamay qolishi sabab boʻlgan. Avtobus Pokistondan Iroqqa ketayotgan edi.

Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy qurbonlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

U Tashqi ishlar vazirligiga jabrlanganlarga yordam koʻrsatish, qurbonlarning jasadlarini vataniga yetkazish boʻyicha topshiriq bergan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid