UZTELECOM provayderlarida nosozlik kuzatilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Internetda texnik nosozlik sababli tarmoqda uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Internetda UZTELECOM va One-Net MChJ internet provayderlari oʻrtasida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli Internet tarmogʻida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Oʻzbektelekom” AK Axborot xizmatiga koʻra, mazkur holat haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va hozirgi vaqtda kompaniyaning barcha aloqa tizimlari hech qanday cheklovlarsiz shtat rejimida faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, kompaniya UZTELECOM rasmiy manbalari faqat quyidagi havolada keltirilganini eslatib oʻtdi.