Tramp Ilon Maskni maslahatchi etib tayinlash istagini bildirdi
Maskning oʻzi sobiq prezident taklifiga qarshilik bildirmagan.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskni maslahatchi etib tayinlash istagini maʼlum qildi.
Reuters jurnalisti siyosatchidan agar u 5 noyabr kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, Maskni maslahatchi yoki vazir etib tayinlashni xohlaysizmi, deb soʻradi.
Tramp ijobiy javob berdi. "U juda aqlli yigit. Albatta, agar u rozi boʻlsa, men qarorni amalga oshirardim. U ajoyib yigit", dedi Donald Tramp.
Intervyu eʼlon qilinganidan koʻp oʻtmay, Ilon Mask oʻzining X ijtimoiy tarmogʻida:" Men xizmat qilishga tayyorman" deb yozdi.
Eslatib oʻtamiz, Tramp va Mask oʻrtasida ijobiy aloqalar saqlanib qolmoqda.
Donald Tramp iyul oyida suiqasddan omon qolganidan keyin Ilon Mask uni saylovdagi kurashda qoʻllab-quvvatladi.
12 avgust kuni Donald Tramp Ilon Maskning X ijtimoiy tarmogʻiga qaytdi. U yerda u oʻzining saylovoldi tashviqoti videosini joylashtirdi. Bu Trampning 2023 yil avgustidan beri X dagi birinchi posti edi. Siyosatchi Ilon Maskga ikki soatlik intervyu ham berdi.