Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga boradi
Tashrif davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obʼektlarini koʻzdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan.
Siyosat
19-avgust 2024 yil
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga boradi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obʼektlarini koʻzdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan.
Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.
20 avgust kuni Nukus shahrida Oʻzbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti boʻlib oʻtadi.