platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan taksilar soni 600 mingga yaqinlashdi

DSQ maʼlumotlariga koʻra, ularning 45,3 ming nafari 5-10 mln soʻm, 78 ming nafari 10-50 mln soʻm atrofida daromad olmoqda. 

Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan taksilar soni 600 mingga yaqinlashdi

Oʻzbekistonda rasmiy roʻyxatdan oʻtib ishlayotgan taksilar soni 576 ming kishidan oshdi.

Davlat soliq qoʻmitasi ularning oʻrtacha daromadi haqida maʼlumot berdi.

2024 yil aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan edi.

Bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.

Yil boshidan 15 avgustgacha agregatorlar orqali 166 mlndan ortiq qatnov uchun 3 trln soʻmlik fiskal chek berildi. 1 mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yoʻlovchi tashish sohasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida rasman roʻyxatdan oʻtgan.

Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatadi, bu mart oyidagi koʻrsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp.

Toʻlovlarni fiskallashtirish oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida maʼlumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:

125,6 ming nafari 1 mln soʻmgacha;

104 ming nafari – 1-5 mln soʻm;

45,3 ming nafari – 5-10 mln soʻm;

78 ming nafari – 10-50 mln soʻm;

7,6 ming nafari – 50-100 mln soʻm.

171 nafar haydovchining daromadi 100 mln soʻmdan oshgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid