platina.uz
Jamiyat

Namangan viloyati hokimining sobiq oʻrinbosari 7,5 yilga qamaldi

U bilan birgalikda Namangan viloyat avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi sobiq rahbari Akramjon Hamdamovga ham sud hukmi oʻqilgan.

Namangan viloyati hokimining sobiq oʻrinbosari 7,5 yilga qamaldi

Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Saidahmad Sultonov firibgarlik va juda koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganlikda aybli deb topilib, 7,5 yilga qamaldi.

U bilan birga Namangan viloyat avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi sobiq rahbari Akramjon Hamdamovga ham sud hukmi oʻqilgan.

Namangan viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.Sultonov 2021 yilda ”Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishda tender savdolari oʻtkazilmasdan, loyiha-smeta hujjatlari rasmiylashtirilmasdan hamda loyiha-smeta hujjatlari tegishli tartibda ekspertizadan oʻtkazilmasdan oʻzining ogʻzaki koʻrsatmalari bilan Namangan viloyati hududidagi ichki yoʻllarni qurish ishlarini “Namangan qurilish dizayn savdo” MChJ rahbari U.Xamroxodjayevga topshirgan, U.Xamroxodjayev, O.Nazarov va boshqalar bilan oldindan til biriktirgan.

Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Ibrat-2” sanoat uzeli hududidagi 7.551 km. avtomobil yoʻlini qurish va yoʻl atrofini obodonlashtirish boʻyicha 8.855.429.000 soʻm moliyalashtirib berilgan. Mazkur ishlarga 5.434.399.283 soʻmlik ish hajmlari qoʻshib yozilib, juda koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.

2021 yil mart oyida S.Sultonovning koʻrsatmasi bilan Davlatobod tumanida joylashgan loyiha qiymati 70.272.054.500 soʻmlik “Namangan smart siti” obʼektida 3 km. avtomobil yoʻlini qurish va yoʻl atrofini obodonlashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari tuzilmagan.

Shu va boshqa ishlar boʻyicha hisob varaq fakturalarga haqiqatda bajarilmagan 1.240.238.797 soʻmlik ish hajmlari qoʻshib yozilib, juda koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.

Sultonov,shuningdek, tadbirkorlardan futbol klubiga homiylik uchun mablagʻ olib, uni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatgan. U tadbirkorlar B.Muxiddinov, M.Abdusoliyevdan aldov yoʻli bilan juda koʻp miqdorni tashkil qilgan 15.000 AQSh dollaridan jami 30.000 AQSh dollarini qoʻlga kiritib, ushbu pullarni «Navbahor» futbol klubiga tegishli tartibda kirim qilish uchun topshirmasdan, shaxsiy ishlariga sarflab yuborib, firibgarlik qilgan.

S.Sultanov 2018 yil 26 noyabr kunidan 2020 yil 20 oktabr kuniga qadar Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlaganida umumiy hisobda 225.597.300 soʻmni maosh, ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar uchun ajratib, juda koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

S. Sultonov, A.Xamdamov davlat ishtirokidagi tashkilotning mansabdor shaxsi hisoblanib, 2022 yilning aprel oyida “Namangan qurilish dizayn savdo” MChJ rahbari U.Xamroxodjayevga Yangi Namangan tumanida joylashgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasidagi ichki avtomobil yoʻllarini oʻz hisobidan qurish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida tender savdolarisiz oʻtkazilishiga koʻrsatma berganlaridan soʻng, jamiyat rahbari U.Xamroxoʻjayev tomonidan mazkur obʼektda 250.464.000 soʻmlik tekislash va sheben yotqizish ishlari amalga oshirilib, biroq, S.Sultanovning ogʻzaki topshirigʻi bilan jamiyat oʻz mablagʻlari hisobidan yoʻl qurilish ishlarini amalga oshirgan boʻlsa-da, sarflangan pul mablagʻlari toʻlab berilmasdan, U.Xamroxodjayevning huquq va manfaatlariga juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga sababchi boʻlishgan.

Sudlanuvchilar S.Sultanov va A.Hamdamov sud muhokamasida aybiga qisman iqrorlik bildirganlar.

Yakuniy hukmga koʻra, S.Sultonov 3 (uch) yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, shu jumladan hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 7 (yetti) yil 6 (olti) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Hamdamovga esa 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, shu jumladan avtomobil yoʻllari hududiy boshqarmasi tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 (uch yuz ellik) baravari 105.000.000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid