platina.uz
Jahon

Issiqkoʻlda sel oqibatida yuzlab xonadonlarni suv bosdi

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun 300 nafardan oshiq xodim jalb etilgan. 

Issiqkoʻlda sel oqibatida yuzlab xonadonlarni suv bosdi

Issiqkoʻlning janubi va shimolida kuchli sel kelishi kuzatildi. Hududdagi yuzlab xonadonlarni suv bosgan.

Kuchli yomgʻir tufayli Choʻn-Qizil-suv daryosi qirgʻoqlaridan chiqib ketgan.

Bundan tashqari, Saruu qishlogʻida daryolar suvi katta yoʻlni qoplagan va avtomobillar oʻtishini qiyinlashtirgan, deb yozadi 24.kg.

Issiqkoʻlning shimoliy qirgʻogʻida kechasi sel oqimi Bulan-Sogʻotu, Korumdu, Temirovka qishloqlari va "Issiqkoʻl Avrora" pansionati hududini qoplagan – mahalliy aholining yuzlab hovlilari suv ostida qolgan.

Joylarda hodisa oqibatlarini bartaraf etishga 300 dan ortiq kishi jalb etilgan.

Shu yilning 14 iyul kuni Oʻsh viloyati va Oʻsh shahrida sel kelib, katta vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan, jumladan, avtomobillarni yuvib, yoʻllarni suv bosgan edi.

28 iyun kuni esa Oʻsh viloyatining Nookat tumanida halokatli sel sodir boʻlib, aholi va sayyohlar orasida qurbon kuzatildi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid