platina.uz
Jamiyat

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

U soʻkongʻichligi va buzuq axloqi uchun 2019 yilda ishdan olingandi.

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev yangi lavozimni egalladi.

Andijon shahrining hozirgi hokimi Gʻofur Abdurahmonovning qarori bilan Rahmatullayev shahar obodonlashtirish boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

Dilmurod Rahmatullayev 2019 yilda intim videosi tarmoqda tarqalishi ortidan ishdan olingandi.

Rahmatullayev ilk bor jamoatchilik eʼtiboriga 2017 yil oʻqituvchilarni haqorat qilgani audiosi tarqalganida tushgandi. Oʻshanda hokim 5,1 mln soʻm jarimaga tortilgandi.

U 2016-2019 yillarda hokim boʻlib ishlagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid