Aktyor Alen Delon vafot etdi
U oʻtgan asrda "Rokko va uning birodarlari", "Yorqin quyoshda", "Samuray" filmlari orqali tanilgandi.

Fransiyalik aktyor Alen Delon 88 yoshida vafot etdi.
Teatr va kino aktyori, rejissyor va ssenariy muallifi Alen Delon "Rokko va uning birodarlari" (1960), "Yorqin quyoshda" (1960), "Samuray" (1967) filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
1980 yilda sobiq ittifoq ijodkorlari ishlagan "Tehron-43" filmida suratga tushgan.
Delon "Bizning tarix" filmi uchun Sezar mukofoti laureati va Xalqaro Berlin kinofestivalining faxriy mukofotini olgan.
2019 yilgi Kann kinofestivalida u kinoga qoʻshgan hissasi uchun "Oltin palma yaprogʻi" mukofotini qoʻlga kiritgandi.
Delon ogʻir kasallikka chalingan, hatto 2022 yilda u evtanaziya qilinishi boʻyicha xabarlar paydo boʻlgandi.