platina.uz
Jamiyat

Qamoqdagi ayol haqida serial olish uchun 20 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

U mahkuma ayol haqidagi koʻp qismli serialga badiiy kengash ruxsatini olib bermoqchi boʻlgan.

Qamoqdagi ayol haqida serial olish uchun 20 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

Qamoqdagi ayol haqida serial uchun ruxsat olib berishni vaʼda qilgan shaxs pora bilan ushlandi.

DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1975 y.t. fuqaro oʻzini goʻyoki "Oʻzbekfilm" davlat unitar korxonasida masʼul lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgan va Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo oʻtayotgan mahkuma ayol hayotiga bagʻishlangan koʻp qismli serialni suratga olish uchun Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Janubiy kon boshqarmasining boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Qoʻshrabot tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroni ushbu kon boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur shaxs 2023 yilning sentabr oyida “Zarmitan” koniga ishga joylashtirib qoʻyishini aytib, Qoʻshrabot tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqarodan jami 9 ming AQSh dollari olgan va oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda konsalting firma rahbari oʻzining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali, poytaxtlik fuqaroga chet tilini bilish boʻyicha milliy sertifikat olib berib, uni Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda uchala shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid