platina.uz

Abdulla Aripov Afgʻonistonga bordi

Bosh vazir bugun tushdan keyin Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasida qatnashadi. 

Siyosat
17-avgust 2024 yil
Abdulla Aripov Afgʻonistonga bordi

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qobul shahriga tashrif buyurdi.

Mahalliy nashrlarga koʻra, tashrifidan maqsad Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasini ochish va Tolibon bilan ikki tomonlama uchrashuvda qatnashishdir.

Mahsulotlar koʻrgazmasi bugun 17 avgust kuni tushdan keyin boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston bosh vaziri Tolibon nazorati ostidagi Afgʻonistonga tashrif buyurgan eng yuqori martabali amaldorlardan biridir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+