platina.uz

Senat Konstitutsiyaga zid qonun loyihasini qaytarib yubordi

Loyihada "huquq-tartibot idoralari xodimlarini obroʻsizlantirish maqsadida" ularning tasvirlarini tarqatganlik uchun 15 sutkagacha qamoq jazosi ham nazarda tutilgandi. 

Siyosat
16-avgust 2024 yil
Senat Konstitutsiyaga zid qonun loyihasini qaytarib yubordi

Oliy Majlis Senati IIV tashabbusi bilan ilgari surilgan huquq-tartibot idoralarini tasvirga olib tarqatganlik uchun jazo loyihasini xodimlarni tasvirga olishni taqiqlash boʻyicha loyihani qaytardi.

Bu haqda Oliy Majlisi Senatining ellik beshinchi yalpi majlisida maʼlum qilingan.

Ushbu loyihada "xodimlarni obroʻsizlantirish maqsadida" ularning tasvirlarini tarqatganlik uchun 15 sutkagacha qamoq jazosi ham nazarda tutilgandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha avval Qonunchilik palatasida ham koʻrib chiqilgandi.

Ichki ishlar vazirligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi 195−2-moddani kiritishni taklif qilgan, unga koʻra ichki ishlar organlari xodimlarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi vaqtida olingan surat va videolarni ularni obroʻsizlantirish yoki haqorat qilish maqsadida internetda joylashtirish bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida (1 dekabrdan — 17 million soʻm) jarima solishga yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab boʻladi.

2022 yilning mart oyida esa Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi xodimlarining roziligisiz faoliyati aks etgan fotosuratlar va videolarni internetda joylashtirishni taqiqlashni taklif qilib chiqqandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+