Maymunchechak ilk bor Afrika qitʼasida joylashmagan davlatda qayd etildi
Shvetsiyadagi bemorda ushbu kasallik aniqlangan. JSST avvalroq maymunchechak sabab favqulodda holat eʼlon qilgandi.

Maymunchechak kasalligi ilk bor Afrikadan tashqarida qayd etildi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Shvetsiyadagi bemordagi yuqumli kasallik mpox virusi (ilgari maymunchechak) sabab boʻlganligini tasdiqladi va bemor Afrikada virusning yangi shtammi - Slade Ib bilan kasallanganligini taʼkidladi.
Bu haqda 15 avgust kuni Britaniyaning BBC media kompaniyasi xabar berib, bemor hozirda shifokorlar nazorati ostida va davolanayotganini qoʻshimcha qildi.
Boshqa mamlakatlarda mpox virusi aniqlangani haqida xabar berilmagan.
Bir kun oldin JSST Afrikada virus tarqalishi uchun eng yuqori ogohlantirish darajasini eʼlon qildi va epidemiyani Esogʻliqni saqlash uchun xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat" deb atadi. Mpox virusi odamga kasal hayvonlardan yuqadi, lekin jismoniy aloqa orqali ham odamdan odamga yuqishi mumkin. Infeksion belgilari orasida isitma, mushaklarning ogʻrigʻi va yiringli pufakchalar bilan teri toshmasi kiradi.
Ilgari kasallik aniqlanmagan Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada 90 ta holat aniqlangan, bu avvalgi variantga qaraganda ogʻirroq va koʻproq oʻlimga sabab boʻladi. JSST 14 avgust kuni Kongo Demokratik Respublikasida 14 mingdan ortiq kasallanganlar roʻyxatga olingani, 524 kishi vafot etganini maʼlum qildi.
Joriy yilda Afrikaning 13 davlatida jami 17 mingta mpox infeksiyasi qayd etilgan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 2,6 baravar koʻpdir.