platina.uz
Jamiyat

Afgʻoniston bilan qishloq xoʻjaligi boʻyicha kelishuvlar kutilyapti

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti vazirlik xodimlariga bu boʻyicha onlayn trening ham tashkillashtirdi.

Afgʻoniston bilan qishloq xoʻjaligi boʻyicha kelishuvlar kutilyapti

15 avgust kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy va ishchi tashrif bilan Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrida boʻldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, vazir Afgʻoniston qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri A.Umariy bilan uchrashdi.

Unda Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida agrar va oziq-ovqat sohalarida hamkorlikni kengaytirish, yangi oʻsish nuqtalarini aniqlab, ikki davlat salohiyatini toʻliq ishga solish orqali oʻzaro oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va aholini daromadini oshirish masalalari, amaldagi loyihalar ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, muloqot davomida Oʻzbekiston hududida afgʻon zaʼfaronini yetishtirish, Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonga tuproq tahlilini oʻtkazish boʻyicha mobil (koʻchma) laboratoriyasini begʻaraz taqdim qilish borasida bitimlar imzolashga kelishib olindi.

Bundan tashqari, kelgusida Afgʻonistonda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, davlatlar iqlim sharoitiga moslashgan yirik va mayda shoxli chorva mollarini oʻzaro ayirboshlash hamda Oʻzbekistonda yaratilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining mahalliy navlarini Afgʻoniston hududida sinash va urugʻchiligini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan Afgʻonistonda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan 10 nafar vazirlik xodimlari uchun qisqa muddatli onlayn trening tashkil etildi. Uchrashuv yakunida onlayn seminar-treningda ishtirok etgan xodimlarga sertifikat topshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid