platina.uz
Jamiyat

Sobiq vazir Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi

U soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib hujjatlar tuzish, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar orqali pul mablagʻlarini naqdlashtirib, ularni uyushgan guruh aʼzolari oʻrtasida taqsimlash orqali moddiy daromad orttirish maqsad qilgan.

Sobiq vazir Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi

Uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri va Nurafshon shahar hokimi vazifasida ishlagan Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi.

Muzaffar Saliyev 2017 yildan 2021 yilgacha Uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, 2021 yildan 2023 yilgacha Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan .

Dastlab sobiq hokim ishi joriy yilning 13 mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilgan.

U rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib soxta hujjatlar tuzish, ulardan foydalanib, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar orqali pul mablagʻlarini naqdlashtirib, naqdlashtirilgan pul mablagʻlarini uyushgan guruh aʼzolari oʻrtasida taqsimlash orqali moddiy daromad orttirish maqsad qilgan va qator xorijiy kompaniyalar bilan til biriktirib jinoyatlar sodir etgan.

Masalan, Saliyev sheriklari bilan «Hyunsang Constructon Co. Ltd» chet el korxonasi tomonidan bajarilgan ishlarning qiymati 3.415.604,5 AQSh dollarini tashkil qilishini bila turib, toʻlov sertifikatlariga bajarilgan ishlarning qiymati 3.735.578,74 AQSh dollarini tashkil qilishi toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib, rasmiy hujjatlarni soxtalashtirib, pul mablagʻlarini uyushgan guruh aʼzolari oʻrtasida taqsimlangan holda oʻzlariga ishonib topshirilgan va ixtiyorida boʻlgan oʻzganing juda koʻp miqdordagi qiymati 2.572.272.915, 36 soʻmlik 319.974,24 AQSh dollari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlar.

Hukmda yozilishicha, sobiq amaldor Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) «a» va «v» bandlari, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

U 3 yil mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilingan va uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtattirish belgilangan.

Sud ishi hujjatlarida keltirilishcha, Muzaffar Saliyev va uning sheriklari Davlat byudjetidan milliardlab pullarni talon-toroj qilgan. Xususan, turli xil loyihalardan:

2 572 272 915 (ikki milliard besh yuzi yetmish ikki million ikki yuzi yetmish ikki ming toʻqqiz yuzi oʻn besh) soʻmlik 320 000 (uch yuzi yigirma ming) AQSh dollarini;
1 372 902 188 (bir milliard uch yuz yetmish ikki million toʻqqiz yuz ikki ming bir yuz sakson sakkiz) sŭmlik 170 780 (bir yuz yetmish ming yetti yuz sakson) AQSh dollarini;

6 925 596 819 (olti milliard toʻqqiz yuz yigirma besh million besh yuz toʻqson olti ming sakkiz yuz oʻn toʻqqiz) soʻm boʻlgan 733 127 (yetti yuz oʻttiz uch ming yuz yigirma yetti) AQSh dollarini; 5 644 707 503 (besh milliard olti yuz qirq toʻrt million yetti yuz yetti ming besh yuz uch) sŭmlik 597 535 (besh yuz toʻqson yetti ming besh yuz oʻttiz besh) AQSh dollarini va bundan tashqari, yana koʻplab pullarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek, joriy yilning 30 iyul kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasida mazkur ishni koʻrib chiqdi. Sud ajrimiga koʻra, birinchi instansiya sudining hukmi oʻzgarishsiz qoldirildi.

Sud sudlanuvchi M.Saliyevning aybi dalillardan tashqari, jinoyat ishida mavjud inkor qilib boʻlmaydigan dalillar majmui bilan ham oʻs isbotini toʻliq topgan dech hukm chiqargan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid