Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon muloqoti oʻtkazdi
Unda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari, xalqaro va mintaqaviy dolzarb mavzular muhokama qilingan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya rahbari Vladimir Putin oʻrtasida telefon muloqoti boʻlib oʻtdi.
Kreml matbuot xizmatiga koʻra, unda "turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari koʻrib chiqilgan".
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb mavzular, jumladan, Rossiya Federatsiyasining BRIKS assotsiatsiyasidagi joriy raisligi boʻyicha ham muhokama oʻtkazilgan.
Tomonlar Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashda davom etish niyatlarini tasdiqladilar, deyiladi xabarda.