platina.uz
Jahon

AQShliklarning yarmidan koʻpi Rossiya va Eronni dushman deya hisoblaydi

Soʻrovnomalarga koʻra atigi bir foiz qatnashchilar Qoʻshma Shtatlar va Rossiyani ittifoqdosh davlat deya biladi. 15 foiz ishtirokchilar esa aniq javob bera olmagan. 

AQShliklarning yarmidan koʻpi Rossiya va Eronni dushman deya hisoblaydi

Amerikaliklarning yarmidan koʻpi Rossiya va Eronni AQShning dushmani deb biladi (mos ravishda 55 va 56 foiz). Bu haqda YouGov soʻrovi natijalarida maʼlum qilingan.

Amerikaliklarning 25 va 21 foizi Rossiya va Eronni Qoʻshma Shtatlarga nisbatan doʻstona munosabatda emas deb hisoblaydi.

Respondentlarning 4 va 2 foizi Moskva va Tehronni doʻstona, faqat bir foizi Rossiya va Eronni AQShning ittifoqchilari deb atagan.

Qatnashchilarning 15 foizi Rossiyaning AQShga munosabati toʻgʻrisida qaror qabul qila olmadi, 20 foizi Eron haqidagi tegishli savolga javob bermadi.

Amerikaliklardan, shuningdek, AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarrisning Isroil va Falastin oʻrtasidagi mojaroga munosabati haqida soʻralgan.

Respondentlarning 28 foizi uning Falastinga hayrihohligi bor, deb hisoblagan boʻlsa, atigi 13 foizi Isroil u qoʻllab-quvvatlagan tomon ekanini aytgan.

36 foizi bir qarorga kelmagan, 23 foizi esa Xarrisni har ikki tomonda birdek qoʻllab-quvvatlashini aytgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid