“Oʻzbektelekom” AKda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan oʻquv seminar tashkil qilindi
Videokonferensaloqa tizimi orqali oʻtkazilgan oʻquv seminarda Kompaniya ijro apparati, tarkibidagi filiallarda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar ishtirok etdi.

"Oʻzbektelekom" AKda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida oʻquv seminar tashkil etildi, unda manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha qonun mazmuni ham oʻrganildi.
Amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati bilan tahliliy tanishib borish esa davr talablaridan biri. Shu bois, "Oʻzbektelekom" AKda xodimlarning bu boradagi bilimlarini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi Qonuni mazmun-mohiyati, amaliyoti va ahamiyati mavzusida oʻquv seminar tashkil qilindi.
.jpg)
Videokonferensaloqa tizimi orqali oʻtkazilgan oʻquv seminarda kompaniya ijro apparati, tarkibidagi filiallarda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar ishtirok etdi.
"Oʻzbektelekom" AK Faxriylar kengashi raisi Gʻolibsher Ziyayev oʻquv seminardan koʻzlangan maqsad hamda mazkur yoʻnalishda kompaniya tomonidan olib borilayotgan faoliyatlarga toʻxtaldi.
.jpg)
Shundan soʻng, Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish" kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Salomat Niyozovaning “Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-931-son qonuni mazmun-mohiyati” va "Davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish va javobgarlik masalalari" mavzularidagi maʼruzalari tinglandi.
Tadbir soʻngida qatnashchilar mavzu doirasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
